AQŞ davlat departamenti Suriya prezidenti Başar Asad tuzumi jinoyatlari haqida yangi ma'ruza çop etdi. Ma'ruzaning asosiy bandlarini matbuot-anjumanda davlat departamenti boşliği yordamçisi vazifasini bajaruvçi Styuart Jons öqib eşittirdi.
Jonsning aytişiça, oxirgi 6,5 yildan beri davom etayotgan Suriyadagi fuqarolik uruşi davomida hukumat "xalqaro huquqning köplab me'yorlarini, jumladan qurolli ixtiloflar olib boriş me'yorlari va inson huquqlarini köplab marta buzgan".
Jons Vaşingtonning Suriya hukumatiga nisbatan fikri özgarmaganini ta'kidlab ötdi va Asad tuzumi tinç aholini bombardimon qilişlarda, jumladan kimyoviy qurol qöllagan holda, sud qilmasdan qatl etişlar va muxolifat vakillarini turmalarga tiqiş kabilarda aybdorligini aytdi.
Jonsning aytişiça, Suriya hukumati Saydnay turmasida mahbuslarning qatl etilişlarini yaşiriş maqsadida krematoriy taşkil etgan. U Suriyadagi zöravonlikni töxtatiş uçun Rossiyani Asad tuzumiga öz ta'siridan foydalanişga çaqirdi.
Davlat departamenti öz ma'ruzasida huquqni himoya qiliş taşkilotlari va AQŞ razvedkasi ma'lumotlariga tayangan.
Ğarb Asad hukumatini tinç aholiga qarşi harbiy jinoyatlarni amalga oşirişda ayblab keladi. Fevral oyida Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti Suriya hukumati Saydnay turmasida 2011 yildan 2013 yilgaça davr içida 5 mingdan 13 minggaça kişini qatl etgani haqidagi ma'ruzani çop etgandi. Damaşqda bu ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasligi aytilgan.
Moskva Damaşqqa qöyilayotgan isbotsiz ayblovlarga qarşi çiqmoqda va tinç aholiga qarşi zöravonlik qöllaş bilan boğliq barça voqealarni sinçkovlik bilan tergov qilişga çaqirmoqda.

















