Pekin şahrida bölib ötgan “Bir makon – bir yöl” forumi iştirokçilari savdo proteksionizmining (biror davlatning öz milliy iqtisodiyotini çet el raqobatidan himoya qilişga qaratilgan iqdisodiy siyosati) istalgan şakliga qarşi çiqmoqda, jumladan taşabbusning özi doirasida ham. Bu haqda forum yakuni böyiça qilingan qöşma bayonotda aytildi.
"Biz oçiq iqtisodiyotni quriş, erkin va inklyuziv savdoni ta'minlaşga sodiqligimizni tasdiqlaymiz, proteksionizmning istalgan şakli, jumladan “Bir makon – bir yöl” taşabbusi doirasida ham qarşi çiqmoqdamiz", - deyiladi bayonotda.
Ma'lumot uçun, Pekinda 14-15 may kunlari “Bir makon – bir yöl” strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlik böyiça yuqori darajadagi forum bölib ötdi. Unda 29 davlatning rahbarlari va boş vazirlari iştirok etdi. Ular orasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bor.
Avvalroq Özbekiston Prezidenti «Bir makon — bir yöl» xalqaro forumi doirasida ötkazilgan doira stol atrofidagi uçraşuvda nutq sözlagani haqida xabar bergandik.


















