Qozoğiston Prezidenti "Bir makon, bir yöl" taşabbusini amaliy harakatlar bilan qöllab-quvvatlaş borasida 5ta taklifni ilgari surdi. Bu haqda Tengrinews.kz sayti muxbiri Pekindan xabar qilmoqda. Nursulton Nazarboyev "Bir makon, bir yöl" xalqaro forumida iştirok etar ekan, xalqaro hamkorlikning 5ta muhim masalasiga e'tibor qaratişni taklif etdi.
"Birinçi – uşbu yölning ösib borayotgan tranzit salohiyatini samarali özlaştiriş uçun tovarlar oqimlarining çegaralardan ötişini bosqiçma-bosqiç, xizmat körsatiş darajasini kötariş yöli bilan yengillatiş zarur. Bunda ma'muriy tösiqlarga barham beriş talab etiladi. Bu qöşimça ekspertiza va tegişli moliyalaşni talab etadi. Fikrimça, Osiyo banki bu kabi dasturlarga faolroq sarmoya kiritişi kerak – bu kelajakka kiritilayotgan investitsiyalar hisoblanadi", - degan Nazarboyev.
Ikkinçidan, Qozoğiston davlat rahbarining fikriça, Ipak yöli böylab oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida qişloq xöjaligi kooperatsiyasini rivojlantiriş muhim ahamiyatga molikdir.
"Uçinçisi – biz innovatsiyaviy hamda ilmiy-texnik taraqqiyot yuzasidan yanada qalin hamkorlikka e'tibor qaratişimiz kerak. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarini qöşma loyihalaş masalalarini körib çiqiş kerak. Davra suhbati iştirokçilari qozoğistonlik olimlar ilgari surgan Ipak yöli Xalqaro akademiyasini taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatlaydi, deb umid qilamiz", - degan Nazarboyev.
Prezident, şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalarini qayd etar ekan, jumladan mintaqa içkarisidagi transçegaraviy daryolar suv zaxiralaridan oqilona foydalaniş – transport arteriyalari bölişiga işonç bildirdi.
"Beşinçidan - "Bir makon, bir yöl" ğoyasini rivojlantiriş, şubhasiz, taşabbusga qöşilgan mamlakatlarning özaro işonçini hamda ularning har tamonlama teng huquqli hamkorlikka tayyor ekanliklarini isbotlaydi", - deya xulosa qilgan Nursulton Nazarboyev.
Nazarboyevga köra, Xitoy "Bir makon, bir yöl" taşabbusini ilgari suriş bilan jahonga mintaqaviy hamkorlikning yangi modelini namoyiş qildi.

















