Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vaziri Zoyir Toiroviç Mirzayev rahbarligidagi işçi guruh Farğona vodiysida bölib turibdi.

Işçi guruh hududlarda qişloq xöjaligi sohasidagi vaziyatni örganib, kamçiliklarni aniqlamoqda.

Namangan viloyati hokimiyatining «Kun» naşriga bergan ma'lumotiga köra, 2012 yildan buyon Norin tumani hokimi bölib kelgan Sultonov A'zamjon Maxmudoviç işdan olingan. U bilan birgalikda tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği işdan ketgan.

Xuddi şunday kamçiliklar Farğona viloyati Yozyovon tumanida hamda Andijon viloyati Izboskan tumanida qayd etilgan. Yakunda bu tumanlarda ham «törtlik»lar işdan ketişi kutilmoqda.

Ayni vaqtda Yozyovon tumani hokimi Sodiqjon Samatoviç Toşpölatov hisoblanadi. Izboskan tumaniga esa Uluğbek Odaşeviç Rahimov rahbarlik qilmoqda.