Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi Trampning Komi bilan barcha uchrashuvlarini o‘rganib chiqmoqchi
Amerikalik kongressmen Jyeyson Chaffets Federal qidiruv byurosi diretori v.b. Endryu Makkeybuga maktub yo‘lladi. U byuroning sobiq rahbari Jyeyms Komining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan barcha uchrashuvlariga doir yozuvlarni taqdim etishni so‘ragan. Hujjat Vakillar palatasi saytida e'lon qilingan.
Bundan avvalroq, The New York Time gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda, shu yilning fevral oyida prezident Tramp Komidan milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga nisbatan tergovni to‘xtatishni so‘ragani haqida yozgan edi. Oq uy nashrning bu kabi iddaolarini rad etdi.
Chaffets esa nashr ma'lumotini tasdiqlash yoki uni inkor etish zarurati haqida so‘z yuritmoqda. Shu munosabat bilan u FQB direktori v.b.dan Komining Tramp bilan uchrashuvlariga doir barcha ma'lumotlar, ovozli, qisqa eslatma va boshqa barcha turdagi yozuvlarni berishni so‘ragan.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026