Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bagam orollari yaqinida xususiy samolyot falokatga uchradi
Bermud uchburchagi yaqinida, Bagam orollari suvlarida bortida uchuvchi bilan birga 4 kishi bo‘lgan kichik o‘lchamdagi xususiy samolyot falokatga uchradi. Bu haqda AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda Sun Sentinel nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, samolyot Puerto-Rikodan Floridaga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Ayni vaqtda Bagam orollari yaqinida samolyot bo‘laklari va yo‘lovchilar qidirilmoqda.
MU-2B samolyoti 15 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Puerto-Rikodan havoga ko‘tarilgandan keyin yo‘qolib qolgan. U Floridaga yetib kelmagan va oxirgi marta aloqaga soat 14:10da chiqqan.
Samolyotdagi barcha yo‘lovchilar Nyu-Yorkda yashaganlar. Samolyotda jumladan 3 va 14 yoshli ikki bola bo‘lgan.
Samolyotni qidirish bilan Bagam orollari qirollik mudofaa kuchlari hamda AQSh bojxona va chegarani qo‘riqlash xizmatlari shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026