Jyenevada Sotheby's kimoşdi savdo uyining auksionida brilliant sirğalar 57 million dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Europe 1 radiostansiyasi.
Ta'kidlanişiça, sirğalar tomçi şaklida qilingan bölib, ulardan biri moviy, ikkinçisi esa puşti rangdagi brilliantdan yasalgan. Sirğalar ikkita alohida lot sifatida qöyildi, avval bu brilliantlar bir uzukning qismi bölgan. Sirğalarni osiyolik şaxsi aytilmagan xaridor sotib oldi.
Radiostansiya ma'lumotlariga köra, "Apollo Blue" nomli moviy brilliantdan qilingan sirğa 42 million dollardan köproq pulga sotilgan. Bu brilliantning oğirligi 14,5 karat keladi. Ta'kidlanişiça, bu qaçonlardir auksionda taqdim etilgan öz turkumidagi eng yirik brilliantdir.
"Artémis Pink" puşti rang brilliantdan tayyorlangan sirğa esa 15,4 million dollarga sotildi. Bu brillantning oğirligi 16 karatga teng.

















