17 may kuni dunyoning eng badavlat 500 kişisi AQŞ prezidenti Donald Tramp atrofidagi mojarolar sabab fond bozorining pasayişi tufayli 35 milliard dollar yöqotdi. Bloomberg milliarderlar reytingi ma'lumotlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Amerika fond indekslari sakkiz oy içida eng past körsatkiçlarga tuşib ketdi. S&P 500 indeksi 1,8 foizga, 2357,2 punktga pasaydi. Dow Jones sanoat indeksi 1,8 foizga, NASDAQ esa - 2,6 foizga tuşdi va 6011,2 punktni taşkil qildi, deya ma'lum qilindi Financial Times'da. Bozordagi bunday özgarişga Trampning FRB direktori Jyeyms Komini iste'foga çiqarişi va Amerika prezidentining Rossiya bilan aloqalarini örganiş atrofidagi mojarolar sabab böldi. 

86,8 milliard dollarga egalik qiluvçi Bill Geyts çorşanba kuni 1 milliard dollar yöqotdi, Microsoft korporatsiyasi aksiyalari esa 2,8 foizga pasayib ketdi. Amazon asosçisi Jyeff Bezos kompaniyasi aksiyalari 2,2 foizga tuşib ketgani bois 1,7 milliard dollarni qöldan boy berdi. Inditex kompaniyasi asosçisi Amansio Ortego (Zara, Massimo Dutti, Bershka asosçisi)ning moliyaviy ahvoli bir kunda 325 million dollarga kamaydi.

Top-500 röyxatida hammadan köp pul yöqotgan Facebook asosçisi Mark Tsukerberg böldi. Ijtimoiy tarmoq aksiyalarining 3,3 foizga pasayişi natijasida u 2 milliard dollardan mahrum böldi. 

MUFĞning valyuta tahlilçisi Li Xardmanning sözlariga köra, indekslarning pasayişi "Trampning ma'muriyati AQŞ iqtisodiy ösiş körsatkiçlarini sezilarli darajada kötara olmasligidan dalolat beradi". 

Ta'kidlaş joizki, Amerika fond bozoridagi pasayiş Yevropa, Osiyo va rivojlanayotgan mamlakatlarning fond indekslari körsatkiçlari pasayişiga olib keldi.