Yevroparlament raisi Antonio Tayani va YeI Kengaşida raislik qilayotgan Malta davlatining IIV rahbari Karmelo Abela Ukrainaga vizasiz rejim taqdim etiş böyiça sönggi hujjatni imzolaşdi. 

Tayani va Abela YeP yalpi sessiyasida YeI Kengaşi va Yevroparlament reglamentiga imzo çekişdi, u 2001 yilning 15 martidan bölgan viza röyxati töğrisidagi reglamentga özgartirişlar kiritadi. Marosimda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko ham iştirok etgan.

Reglament imzolanganidan söng, u YeI rasmiy axborotnomasida e'lon qilinadi va 20 kundan keyin kuçga kiradi – taxminan 11 iyunda.

Ukraina fuqarolari Şengen hududi davlatlari, şuningdek, Islandiya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Şveytsariyada yarim yil içida 90 kun davomida bölişlari mumkin. Şu bilan birga, vizasiz rejim YeIda işlaş yoki öqişga ruxsat bermaydi.

Ukrainaliklarga çegaradan kesib ötiş paytida biometrik pasport kerak böladi, şuningdek, öz yonida qaytiş çiptasi, mehmonxonadan xona olinganini tasdiqlovçi ma'lumot, qarindoşlardan taklifnoma, tibbiy suğurta va YeIda har kuni böliş uçun kamida 45 yevroga ega böliş tavsiya etilmoqda.