Aralaş janglar san'ati (MMA) jangçisi irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik sobiq boksçi Floyd Meyvezer bilan jang ötkaziş böyiça kelişuvni imzoladi.
«Bunday rekord darajadagi kelişuvni imzolaş men uçun şaraf. Bu tarixiy kelişuvning birinçi qismi bajarildi. Bu işga aloqador barçani tabriklayman. Endi biz Ela Xeymon va uning boksçisi imzosini kutamiz. Yaqin kunlarda», — deya Makgregorning sözlarini keltirgan TheMacLife.com.
Kelişuvning moliyaviy jihatlari oşkor etilmagan. OAV bu jangni «milliard dollar uçun jang», deb atamoqda.
Floyd Meyvezer va Konor Makgregor örtasida jang bölib ötişi mumkinligi haqidagi xabarlar ötgan yilning noyabrida, UFC çempioni boksçilik litsenziyasini olganidan keyin paydo böldi. Irlandiyalik jangçi Meyvezer bilan jang uçun 100 million dollar işlab oliş istagini bildirgandi.
Keyinroq Mutlaq jangçilik çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uçun har ikki sportçiga 25 million dollardan tölaşga tayyor ekanini ma'lum qilgan edi, biroq har ikki sportçi taklifni jiddiy qabul qilmadi. Şundan söng Dana Uayt mazkur bellaşuv irlandiyalik jangçining UFC bilan şartnomasi yakuniga yetsagina bölib ötişini aytdi.
Mart oyida Meyvezer Makgregor bilan jang qiliş uçun sportga qaytişga tayyorligini ma'lum qildi.

















