Hindistonda homiladorlikning 28-haftasida 470 gramm vaznga ega öğil bola dunyoga keldi. U yurak operatsiyasini muvaffaqiyatli ötkazgan birinçi mitti bolakay böldi. Life şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Rajastondagi tuğuruqxonalardan birida hali ism qöyilmagan bola dunyoga kelganida u inson kaftidek kelar edi. U şu qadar nimjon ediki, şifokorlar unga tegişga ham qörqişardi. Bolaning közlari yumuq bölib, öpkasi rivojlanmagan, terisi esa qoğozga öxşaş edi.

Şunga qaramay, ikki hafta ötgaç, "Gitanjali" tibbiyot kolleji va "Jyevanta" gospitali şifokorlaridan iborat jamoa bolada nafas oliş bilan boğliq muammolarni aniqlaşi bilan oçiq arterial oqimni bartaraf qiliş böyiça jarrohlik amaliyotini ötkazdi. Bundan taşqari, yurakning ikki asosiy arteriyalari bittaga tutaşib ketgandi.
Bola ona qornidaligi vaqtida bu arteriyalar bir-biriga ulangan böladi, tuğiliş paytida esa ular aorta va öpka arteriyasiga transformatsiyalaşadi. Agar şunday bölmagan taqdirda bola tibbiy tekşiruvdan ötişi kerak. Favqulodda vaziyatlarda - dorilar kerakli natija bermasa, yurakda operatsiya ötkaziladi.
Bunday kiçik vaznli bolada jarrohlik amaliyotini ötkaziş juda qiyin vazifa edi. Bundan taşqari, bolaning heç bir organi oxirgaça rivojlanmagan va oddiy bolaning organlariga nisbatan ön karra kiçik bölgan. Operatsiyaga tayyorlaniş vaqtida şifokorlar barça ehtimoliy xavflarni oldindan örganib, ular ustida işlaşdi.

Bolakay yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun intensiv terapiya bölimida jarrohlik asboblarining maxsus kiçraytirilgan nusxalarida operatsiya qilindi. Operatsiya muvaffaqiyatli ötdi, şu bois bolaning ota-onasi hamda şifokorlar uning omon qolganini mö'jiza deb hisoblaşmoqda.
















