Italiya kubogining final uçraşuvi bölib ötdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida bölib ötgan uçraşuvda «Yuventus» va «Latsio» jamoalari kuç sinaşdi.

Uçraşuvning 12-daqiqasida öng qanot himoyaçisi Dani Alveş çap qanot himoyaçisi Aleks Sandro tomonidan yetkazib berilgan töpni golga aylantirdi. 24-daqiqada yana öşa Sandroning uzatmasidan söng Leonardo Bonuççi farqni ikkitaga oşirdi. Birinçi bölimning qolgan daqiqalari va ikkinçi bölimda boşqa gol kiritilmadi.

Natijada «Yuventus» ketma-ket 3-marta, umumiy bölib 12-marta Italiya kubogida zafar quçdi. «Latsio» esa sönggi uç yilda ikkinçi marta finalga yöl olib, ikki marta ham «Yuventus»ga imkoniyatni boy berdi.

Italiya kubogi. Final

Yuventus – Latsio 2:0 (2:0)
Gollar: Dani Alveş (12), Bonuççi (24).
Yuventus: Neto, Aleks Sandro, Bonuççi, Kellini, Dani Alves, Markizio, Rinkon, Bartsali, Mandjukiç, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Latsio: Strakoşa, Baştuş (Felipe Anderson, 53), de Vrey (Luis Alberto, 69), Uolles, Basta, Milinkoviç-Saviç, Luliç, Parolo (Radu, 21), Bigliya, Keyta, Immobile.
Ogohlantiriş: Dani Alves (86).