"112 Ukraina" telekanali Pyotr Poroşenko YeI davlatlari va Ukraina örtasida viza rejimini bekor qiliş haqidagi hujjatga imzo çekilayotganda xursand bölib turgani tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Unda Ukraina prezidenti xursandçiligini yaşira olmagan, doimiy ravişda tepaga kötarilgan katta barmoqlarini körsatgan, yevropalik siyosatçilarni qöllarni siqişga majburlagan.
Avval xabar qilinganidek, YeI va Ukraina örtasida vizasiz rejim töğrisidagi qonunni imzolaş marosimi Strasburgda çorşanba kuni bölib ötdi. Hujjatga Yevroparlament rahbari Antonio Tayani va YeI Kengaşida raislik qilayotgan Malta davlati IIV rahbari Karmelo Abela qöl qöyişdi.
Hujjatga köra, Ukraina fuqarolari Şengen hududi davlatlari, şuningdek, Islandiya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Şveytsariyada yarim yil içida 90 kun davomida bölişlari mumkin. Şu bilan birga, vizasiz rejim YeIda işlaş yoki öqişga ruxsat bermaydi.

















