Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekstremal balandlikda tortilgan trosdan yurib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Shveytsariyalik Samuel Voleri ikki qoya orasida 240 metr balandlikda tortilgan neylon trosdan 1210 metr yurib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.
Shveytsariyalik rekordini Turkiyada Levent International Outdoor Sports Festival nomli festivalda o‘rnatdi. Voleri tanlagan Levent vodiysi AQShdagi Grand-Kanon bilan o‘xshashligi sababli alpinistlar va boshqa ekstremalchilarni jalb qiladi.
Ta'kidlanishicha, kuchli yon shamol ekstremalni trosdan bir necha bor itqitib yuboray degan, biroq sportchi trosda turib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Volerigacha hech kim trosda bunday uzun masofani bosib o‘tmagan.
"Men bu rekordni o‘tgan yil Marokashda o‘rnatmoqchi edim, biroq o‘shanda menga yomon ob-havo xalaqit qilgandi. Men va jamoam Levent vodiysiga keldik va men birinchi urinishdayoq rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldim. Bu katta muvaffaqiyat", deb aytdi ekstremalning o‘zi.
Uning aytishicha, u ko‘proq masofa ham yurib o‘tishi mumkin edi, biroq unga kuchli shamol xalaqit qilgan. Volerining aytishicha sleklaynda katta muammo ob-havo hisoblanadi, shuning uchun bu sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun hech qachon ideal ob-havo bo‘lmaydi.
Sleklayn ikkita statsionar obekt orasida tortilgan tros orqali ehtiyot moslamasi yoki usiz yurib o‘tish bo‘yicha ekstremal sport turi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:41 / 16.07.2026
Jahonda rekord darajadagi jazirama kuzatilishi mumkin
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
17:35 / 14.07.2026