Ziyonet milliy ta'lim portalida yangi bölim paydo böldi. Endilikda fuqarolar bu yerda Özbekiston armiyasida xizmat qiliş haqida batafsil ma'lumotni olişlari mumkin.
“Armiya va yoşlar” bölimida Özbekiston Qurolli kuçlari haqida qiziqarli ma'lumotlar joylaştirilgan. Foydalanuvçilar Qurolli kuçlar taşkil topişi tarixini bilib olişlari mumkin. Şuningdek, bu yerda armiyada xizmat qiliş turlari haqida muhim ma'lumotlar bor. Öz hayotini harbiy iş bilan boğlaşga qaror qilganlar uçun esa, tegişli yönalişda ta'lim oliş mumkin bölgan öquv muassasalari röyxati berilgan.
Eslatib ötamiz, tinç davrda oddiy askar va serjant tarkibiga muddatli harbiy xizmat, şuningdek safarbarlik çaqiruv zaxirasida xizmat uçun soğliği nuqtai nazaridan Qurolli kuçlarda harbiy xizmat ötaşga yaroqli bölgan ön sakkizdan yigirma yetti yoşgaça bölgan yigitlar çaqiriladi.












