Milliarder Alişer Usmonov özini pora berişda ayblagan muxolifatçi Aleksey Navalniyni sudga beriş haqidagi qarorni Kreml bilan muvofiqlaştirib oldi. Bu haqda RBK nomi oşkor etilmagan federal amaldorga asosan xabar bergan.

Şu bilan birga, Usmonovning 12 daqiqalik videomurojaati milliarderning şaxsiy taşabbusi böyiça yozilgan va heç kim bilan bu borada maslahat qilinmagan, deya ta'kidlagan agentlik suhbatdoşi. Rolik Usmonovning yaxtasida, ayfon telefoniga yozib olingan.

Usmonov vakillari RBK muharririyatiga uning sözlarini tasdiqlovçi bir neça hujjatlar bilan tanişiş imkonini taqdim etişdi. Xususan, ular jurnalistlarga Usmonov sobiq Ittifoq davrida firibgarlik va pora uçun qamalganini tasdiqlovçi hujjatlarni berişgan. RBKning yozişiça, hujjatlarda zörlaş uçun sudlanganlik haqida heç narsa yöq.

Aleksey Navalniyning korrupsiya bilan kuraş fondi mart boşida Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning köçmas mulki haqidagi suriştiruvni e'lon qildi. Unda aytilişiça, Usmonov Medvedevga yaqin bölgan jamğarmaga pora sifatida hududida uy bölgan yer maydonini bergan.

Alişer Usmonov bu ayblovni rad etdi va Navalniyni sudga berişga qaror qildi. Bu boradagi sud eşituvlari 30 may kuni boşlanadi.

Eslatib ötamiz, keça Alişer Usmonov Navalniyga videomurojaat bilan çiqqani, birozdan keyin esa Navalniy unga javob qaytargani haqida xabar bergandik.