Saudiya Arabistoni va BAA AQSh prezidentining qizi Ivanka Trampga tegishli jamg‘armaga 100 million dollar ajratadi. Fond tadbirkor ayollar va kichik biznes egalariga ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh va boshqa davlatlarda ayollar o‘rnini yanada oshirishni maqsad qilgan.

Ta'kidlanishicha, ayni damda tashkil etilayotgan jamg‘arma Yaqin Sharqdagi ayollarning moliyaviy yordam olish va iqtisodiy bozorlarga bemalol kira olishlariga ko‘mak ko‘rsatishi kerak.

Avvalroq Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Devid Kushner ravvindan Saudiya Arabistoniga, Amerika rahbari Donald Trampning ushbu davlatga tashrifi davomida borish uchun ruxsat olishgani xabar qilingandi.