AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross prezident Donald Tramp Ar-Riyodda bölib ötgan arab mamlakatlari yetakçilari sammitida nutq sözlayotgan vaqtda uxlab qolayozgan. Bu haqda Times of Oman naşrida yozilgan.
Trampning nutqi Oq uy matbuot xizmati tomonidan töğridan-töğri translyatsiya qilingan.
Tramp terrorizm muammosi haqida gapirayotganida kameralar Ivanka Tramp bilan bir qatorda ötirgan vazirga qaratilgandi. Bu vaqtda esa Ross quloğiga tarjima uçun möljallangan quloqçin taqqan holda mudrayotganini köriş mumkin.
Şu yilning noyabrida janob Ross 80 yoşga töladi. U Amerika prezidenti ma'muriyatiga kirguniga qadar bank sohasida mehnat qilgan, biznes bilan şuğullangan va investitsiya jamğarmalari bilan hamkorlik qilgan.

















