Braziliya federal prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya va pullarni yuviş böyiça yangi ayblovlar qöydi. Bu haqda Globo telekanali xabar bergan.

Ma'lumotlarga köra, navbatdagi suriştiruv Atibayya (San-Paulu ştati) aholi punktida joylaşgan haşamatli uyga tegişli. Tergovçilar fikriça, köçmas mulk sobiq prezidentga korrupsiya sxemasi doirasida berilgan bölişi mumkin. Prokuratura talabiga köra, ayblov qöyiş haqidagi yakuniy qaror sud tomonidan qabul qilinadi.

Ayni damda Lula da Silva korrupsiya bilan boğliq bölgan beşta jinoiy işga aralaşib qolgan. Braziliya qonunçiligiga köra, agarda sobiq prezident bu jarayonlarning heç bölmasa birida aybdor, deb topilsa, saylov lavozimlariga da'vogarlik qiliş huquqini yöqotadi.

Siyosatçining özi barça jinoiy işlarni “siyosiy ta'qib”, deb atagan. Avvalroq u oliy davlat lavozimiga 2018 yilda da'vogarlik qiliş niyatida ekanini ham ma'lum qilgandi. Datafolha ijtimoiy tadqiqot markazi söroviga köra, aprel oyi oxirlarida Lula da Silva uçun ovoz beriş istagini saylovçilarning 29-31 foizi bildirgan – bu boşqa istalgan siyosatçidan köp degani.