3 may kuni vafoti e'lon qilingan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Botir Ereşovning ölimi sababi ma'lum qilindi. Ta'kidlanişiça, Ereşov özini osiş orqali joniga qasd qilgan. Bu haqda 21 may kuni "Xronika Turkmenistana" mustaqil veb-sayti ma'lum qilgan.
52 yoşli Ereşovning ölimi haqida 3 may kuni ma'lum qilingan. "Turkmaniston-Oltin asr" davlat axborot agentligi Ereşovning bevaqt ölimi yuzasidan ta'ziyanomani çop etgan. Biroq Ereşovning ölimi sababi ma'lum qilinmagandi. Ta'ziyanoma Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov boşçiligida hukumatning bir guruh a'zolari tomonidan imzolangan bölgan. Ta'ziyanoma marhumning qisqaça biografiyasi körinişida bayon qilingan bölib, unda Ereşov qobiliyatli rahbar, yuqori malakali mutaxassis va olijanob odam deb atalgan.
Ereşov 2014 yil iyulidan boş vazir örinbosari lavozimini egallab kelgan.
Saytning ma'lum qilişiça, Ereşov sanoatni nazorat qilgan. Taxmin qilinişiça, u Turkmanistondagi aksilkorruptsion kampaniya davomida qözğatilgan işlardan birining figurantiga aylangan bölişi mumkin. Uning öğli aprel oxirida hibsga olingandi.
Ta'kidlanişiça, Ereşov ajdodlari dafn qilingan Özbekistonning Buxoro viloyatidagi qabristonlardan biriga kömilgan.

















