Buyuk Britaniya politsiyasi London şahridagi Stansted aeroportida 37 yoşli şaxsni terakt sodir etişga urinişda gumon qilib qölga oldi. Bu haqda Skotlend-Yard ma'lum qildi. Politsiya bu qölga oluv Mançesterdagi terakt bilan boğliq emasligini qayd etgan.
Bayonotda aytilişiça, u Turkiyaga uçuvçi samolyotga çiqayotgan çoğda qölga olingan. U Suriyaga yöl olmoqçi bölgani gumon qilinmoqda. Qölga olingan şaxs ayni vaqtda London janubida tergovda, şaharda ikki manzil böyiça tekşiruv ketmoqda.
Bundan oldinroq Buyuk Britaniyada terroristik xavfning yuqori darajasi e'lon qilingandi. Bu çoralar 22 may oqşomida Manchester Arena sport majmuasida amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti vaqtida portlaş röy berişi ortidan körildi. Mançesterdagi portlaş oqibatida 22 kişi halok böldi, 120 kişi jarohatlandi. Terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi.

















