Jahon | 15:47 / 26.05.2017
5942
2 daqiqa o‘qiladi

G7 sammiti ko‘p yillar ichidagi eng murakkab yig‘ilishga aylanadi

Foto: AP

Italiyaning Taorminasidagi “Katta yettilik” sammiti ko‘p yillar davomidagi eng murakkab yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda: davlatlar yetakchilari ko‘plab masalalar bo‘yicha turli fikrga ega. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donald Tusk ma'lum qildi.

G7 uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Unda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya rahbarlari ishtirok etadi.

"Biz Taorminada xalqaro murakkab muammolarni muhokama qilish uchun yig‘ildik. Hech shubha yo‘qki, bu “Yettilik”ning ko‘p yillar davomidagi eng murakkab sammiti bo‘ladi. Sir emaski, bugun uchrashadigan ko‘plab yetakchilar iqlim o‘zgarishi va savdo kabi ko‘plab mavzular bo‘yicha turli yondashuvlarga ega. Bizning rol shunday iboratki, YeI barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “Yettilik” birligini saqlab qolishi kerak", - deya ma'lum qildi Tusk sammit boshlanishidan avval.

Siyosatchining ta'kidlashicha, eng muhimi – “qonunlarga asoslangan global tartib” masalalari bo‘yicha birdamlikni saqlash.

"Har kuni Yevropa, Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan strategik muammolarga to‘qnash kelmoqdamiz: bular Suriyadagi urush va Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligidan tortib, to Shimoliy Koreyadagi raketa va yadro sinovlari hamda Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyatning keskinlashishi", - deya aniqlik kiritdi Yevropa kengashi rahbari.

"Agarda bizning guruh qat'iyat va birlikni qo‘ldan boy bersa, dunyodagi vaziyat nazorat ostidan chiqadi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tusk.

Avvalroq Oq uyning milliy iqtisodiy kengashi rahbari Geri Kon “Katta yettilik” uchrashuvidagi eng asosiy masalalardan biri – Rossiya bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid