26 may kuni Çili prezidenti Mişel Baçelet tomonidan mamlakatda dunyodagi eng katta teleskop qurilişiga start berildi. Quyoş tizimidan taşqarida joylaşgan sayyoralar – ekzosayyoralarni aniqlaşga möljallangan qurilma "Yevropaning öta katta teleskopi" (European Extremely Large Telescope, EELT) deb nomlangan va Çilining Atakama çölida 2024 yilgaça qurib bitkaziladi.

1 mlrd dollarlik qurilma 5 ta segmentli oyna bilan jihozlanadi. Oynalardan eng kattasining diametri 39 metrni taşkil qiladi va diametri 1,4 metrli deyarli 800 ta oltiburçakli oynadan taşkil topadi.     

Loyihani moliyalaştirayotgan va tarkibiga Yevropaning 13 ta davlati, Braziliya va Çili kiruvçi xalqaro tadqiqot taşkiloti – Yevropa janubiy observatoriyasi ma'lumotlariga köra, teleskopning aylanuvçi gumbazi maydoni deyarli futbol maydoniga (diametri 86 metr) teng böladi. Qurilmaning umumiy oğirligi 5 ming tonnani taşkil qiladi.   

Bugungi kunda Atakama çölida Atakama katta radioteleskopi faoliyat yuritadi. Dengiz sathidan 2,4 ming metr balandlikda joylaşgan La-Silya astronomik observatoriyasida hammasi bölib 18 ta teleskop bor bölib, ulardan yarmi Yevropa janubiy observatoriyasi mablağlariga qurilgan.