British Airways kompaniyasining Londondagi Xitrou va Gatvik aeroportlaridan amalga oşirilişi kerak bölgan barça parvozlarning bekor qilinişiga olib kelgan kompyuter tizimidagi nosozliklar elektr ta'minotidagi uzilişlar sabab yuzaga kelgan. Bu haqda aviakompaniyaning boş direktori Aleks Kruz ma'lum qildi. 

27 may kuni aviakompaniya mahalliy vaqt bilan soat 18.00 dan boşlab va söngra kun oxirigaça Londondagi ikki aeroportdan barça parvozlarni bekor qildi. Ma'lum qilinişiça, şu sababli Xitrouda yuzlab yölovçilar qolib ketgan. Londondagi reyslardan taşqari, britan aviakompaniyasining dunyoning boşqa şaharlaridagi reyslari ham bekor qilingan.  

"Bugun bizda kompyuter tizimining yirik nosozligi yuz berdi va u butun dunyo böylab operatsiyalarimizga jiddiy putur yetkazdi. Texniklarimiz jamoasi muammolarni hal qiliş ustida tinmasdan işlamoqda. Fikrimizça, nosozlikka asosiy sabab elektr energiya uzatişdagi muammo böldi va bizda xakerlik hujumi amalga oşirilganini körsatuvçi biror dalil yöq", deb aytdi Kruz.

Kruz yetkazilgan noqulayliklar uçun kompaniya mijozlaridan uzr söradi va ularga sabr qilganlari uçun minnatdorçilik bildirdi.