Xitoy yaqin kunlarda Hard X-ray Modulation Telescope (HXMT) deb nomlangan birinçi rentgen kosmik teleskopini işga tuşiradi. Yangi teleskop qora tuynuklar va neytron yulduzlarni, şuningdek Somon yöli galaktikasini kuzatadi. Bu haqida CGTN telekanali Xitoy fanlar akademiyasi boş ilmiy xodimi Çjan Şuannanga asoslanib xabar berdi.
"Bizning kosmik teleskopimiz qora tuynuklar va neytron yulduzlar kabi yuqori energiyali kosmik obektlarni kuzatiş böyiça noyob imkoniyatlarga ega. Uning yordamida qora tuynuklar evolyutsiyasi va neytron yulduzlarning kuçli magnit maydonlari kabi jumboqlarni yeçişga umid qilamiz", - deydi olim.
"Koinotda qora tuynuklar va neytron yulduzlar juda köp, biroq bu obektlarning birortasi haqida töliq tuşunçaga ega emasmiz. Aynan şuning uçun bizga yangi sun'iy yöldoşlar kerak", - deya izoh beradi Çjan Şuannan.
Olimning sözlariga köra, Xitoyning kosmik teleskopi boşqa xorijiy rentgen yöldoşlardan farqli ölaroq, yanada keng energiya diapazoniga ega. HXMT avvallari bir neça sun'iy yöldoş faoliyatini talab qilgan vazifalarni bajara oladi.

















