Özbekiston Respublikasi prezidentining «2017–2021 yillarda qayta tiklanuvçi energetikani yanada rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari Dasturi töğrisida»gi qaroriga şarh berildi.
Sönggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oşiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi prezidentining «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2013 yil 1 martdagi Farmoni va «2015–2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartiriş, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş çora-tadbirlari Dasturi töğrisida»gi 2015 yil 5 maydagi qarori ijrosini ta'minlaş yuzasidan:
- energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvçi manbalarini rivojlantiriş masalalari böyiça respublika komissiyasi taşkil etildi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida respublika komissiyasining işçi organi sifatida energiya samaradorligini oşiriş bölimi taşkil etildi;
- Toşkent şahrida Quyoş energiyasi xalqaro instituti faoliyat körsata boşladi;
- Osiyo taraqqiyot banki kömagida Özbekistonda quyoş energetikasini rivojlantirişning «yöl xaritasi» işlab çiqildi;
- Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi kömagida 2014 yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt bölgan quyoş fotoelektrik stansiyasi qurildi va işga tuşirildi, uşbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmoğiga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega;
- Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyoş fotoelektrik stansiyalarini quriş böyiça loyihalar tayyorlanmoqda;
- Jahon banki iştirokida Özbekiston Respublikasining şamollar Atlasi işlab çiqildi, Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida quvvati 750 kVt bölgan tajribaviy şamol energoqurilmasini quriş böyiça investitsiya loyihalari yakunlovçi bosqiçiga kirdi.
2016 yil yakunlari böyiça iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017 yil kuz-qiş mavsumida energoresurslarni tejaş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi va 991,2 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilişga erişildi, bu esa tarmoqlarning 2016 yildagi iste'molining mos ravişda 5,1 va 3,6 foizini taşkil etadi. Amalga oşirilgan işlar natijasida 2015 yilda yalpi içki mahsulotning energiya siğimini 10,8 foizga, 2016 yilda 7,2 foizga va 2017 yilning birinçi çoragida 12,7 foizga qisqarişiga erişildi.

















