Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi xavfsizlik xizmati boşliği dam oliş kunlari vaqtida Toşkent yaqinidagi toğli hududda halokatga uçradi. Diplomatik missiya bergan ma'lumotga köra, u paraplanda uçiş çoğida qulab tuşgan.
Şuningdek u Turkmaniston va Tojikiston masalalari bilan ham şuğullangan.
"Ha, bizning elçixona xodimi Çimyonda paraplanda uçiş vaqtida halokatga uçradi, u Fransiya fuqarosi edi. U elçixonaning xavfsizlik xizmati boşliği hisoblanar edi", deya elçixona vakilining sözlarini keltirgan RIA Novosti.
Hozirda marhumning jasadi Toşkentda qolmoqda, Özbekiston hukumati bilan jasadni vataniga qaytariş böyiça muzokara ötkazilmoqda.
"Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi 27 may, şanba kuni xodimlarimizdan biri Fransis Delega, operativ xavfsizlik xizmatiga mas'ulning baxtsiz hodisa tufayli halok bölgani munosabati bilan çuqur hamdardlik bildiramiz", — deyilgan elçixona rasmiy sayti xabarida.
Diplomatik missiya xodimlari marhumning oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etgan.
Fransis Deleg – professional paraplançi bölgan va har oyda ikki marta Çimyon toğlarida paraplanda uçib turgan.

















