AQŞning Nyu-Jyersi ştatidagi Bernards şahri rahbariyati masjid qurişni rad etgani uçun AQŞ adliya vazirligi tomondan bildirilgan e'tirozni hal qiliş uçun 3,25 mln dollar tölaydi. Bu haqda Nyu-Jyersi prokuraturasi bayonotida ma'lum qilingan. 

Hujjatga köra, 2011 yilda mahalliy musulmon taşkiloti şaharda masjid quriş uçun yer maydoni sotib olgan. Şahar rahbariyati bundan xabar topgaç, bir qator sabablarga köra masjid qurilişiga ruxsat bera olmasligini ma'lum qilgan. Ular, jumladan, odamlar masjidga maşinalarda kelişlari va bu avtoturargohda joy yetişmasligini keltirib çiqarişini rökaç qilişgan.

Bernardsda diniy muassasalarni quriş bilan boğliq me'yorlar masjid quriş haqidagi murojaat kelib tuşgandan keyin qat'iylaştirilgan. Musulmon jamoatçiligi şu sababli şahar rahbariyati islomga e'tiqod qiluvçilar manfaatlari oçiqçasiga kamsitilayotgani haqidagi xulosaga kelib, sudga murojaat qilgan. 2016 yilda uşbu şikoyat AQŞ adliya vazirligi tomondan qöllab-quvvatlangan. 

Erişilgan kelişuvga köra, şahar rahbariyati masjid qurilişiga ruxsat beradi hamda avvalroq kiritgan qoidalarini bekor qiladi. Ular tölab berişga rozi bölgan summadan 1,5 mln dollarini musulmon jamoatçiligi oladi, qolgani esa ikki tomon advokatlarining xizmatlariga haq tölaşga sarflanadi.

Bernards ştatning şimoliy qismida joylaşgan. Uning aholisi 27 ming kişini taşkil qiladi. Şahar rahbariyati şikoyat qiluvçilar bilan erişilgan kelişuv böyiça hozirça heç qanday izoh bermagan.