Jamiyat | 08:22 / 31.05.2017
6602
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada ko‘rshapalaklarning hujumi oqibatida 40 kishi quturishdan zararlandi

Foto:metro.co.uk

Braziliyaning shimolidagi Baiya shtatiga ko‘rshapalaklar yopirildi. Ko‘rshapalaklarning odamlarga hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi "quturish" tashxisi bilan shifoxonalarga tushgan. 

Halok bo‘lgan kishi 46 yoshli erkak bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri. U sigirni sog‘ayotganda unga ko‘rshapalak hujum qilib, tishlab olgan. Erkak bunga e'tibor qaratmagan. Biroq ikki haftadan keyin u o‘zini yomon his qila boshlagan, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish va nafas olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Erkak shifokorlarga murojaat qilganda ular unda quturish tashxisini qo‘yishgan, biroq juda kech bo‘lgan. Hozirda qolgan jabrlanuvchilarga shifokorlar tomondan yordam ko‘rsatilmoqda. 

Baiya shtati aholisi va mehmonlariga tungi vaqtda derazalarni yopib qo‘yish, agar uyqudan turganlarida o‘zlarida qon dog‘larini aniqlasalar, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilish qat'iy tavsiya qilindi. Chunki odam ko‘rshapalakning tishlashini uning so‘lagida og‘riqni bosuvchi fermentlar mavjudligi sabab sezmaydi. Shtat rahbariyati ko‘rshapalaklarni yo‘q qilish bo‘yicha shoshilinch kampaniya o‘tkazmoqda va uy hayvonlarini emlamoqda. 

Mavzuga oid