Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz farmoni bilan Özbekiston Respublikasida siyosiy boşpana beriş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berilgan.

Mazkur hujjatda Içki işlar vazirligi Moliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda Özbekiston Respublikasida siyosiy boşpana beriş uçun murojaat qilgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning biometrik ma'lumotlar bazasini şakllantiriş böyiça belgilangan tartibda taklifni kiritişi belgilangan.

Ma'lumot uçun, Konstitutsiyaning 93-moddasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bölib, 22-bandga köra, u «Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boşpana berişga oid masalalarni hal etadi».

Bunday maqom xalqaro va milliy qonunçilikda huquqbuzarlik sifatida körilmaydigan harakatlari uçun öz yurtida ta'qib etilayotgan şaxslarga taqdim etiladi.

Siyosiy boşpana taqdim etişni sörab berilgan arznoma 1 yil muddat içida körib çiqiladi.