Keça, 1 iyun kuni Respublikaning barça hududlarida Xalqaro bolalar kuni keng nişonlandi. Toşkentdagi sayilgohlarda bolajonlar uçun konsert dasturlari, körgazmalar, maxsus aksiyalar taşkil etildi.
Toşkentdagi Ğofur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun barça attraksionlar narxi 1000 söm deb belgilandi. Bu esa bolalarning bayram şodiyonasi yanada kötarinki ruhda ötişi, boğning har doimgidanda gavjumroq bölişini ta'minlab berdi.
Şuningdek, Toşkent şahridagi ayrim mahallalari, jumladan, Yunusobod tumanidagi "Uvaysiy" va "Çoştepa" mahallalarida bolalar uçun maxsus bayram tomoşalari taşkil etilgani yanada quvonç bağişladi. Dastur davomida bolalar öz uylaridan uzoqqa ketmagan holda turli musobaqalarda iştirok etib, bayram dasturlarini tomoşa qilib, öz tengdoşlari bilan vaqtni maroqli ötkazişdi.


Şuningdek, bolajonlarga maxsus bayram sovğalari ham ulaşildi.
Biroq ayrim köngiloçar boğlarning faoliyati juda ham erta tugatilgani köpçilikning noroziligiga sabab böldi.
Ma'lumki, 1 iyun sanasi dam oliş kuni, deb e'on qilinmagan. Şu bois, köplab ota-onalar faqat iş vaqtidan sönggina farzandlarini aylantiriş uçun biron bir boqqa olib borişlari mumkin.
Odatda, iş vaqti 18:00da yakunlanadi va uyga qaytib, keçki ovqat tanovul qilgunga qadar soat keçki sakkizga ham yaqinlaşib qoladi. Bundan taşqari, muborak Ramazon oyi munosabati bilan köpçilik iftorlik vaqtidan söng köçaga çiqişga imkon topadi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, poytaxtdagi istirohat boğlari, jumladan, "Lokomotiv" köngiloçar istirohat boği hamda "Anhor-Lokomotiv" boğining soat 20:00dan söng yopib qöyilişi bayram nişonlaş umidida taşrif buyurgan köplab oilalarning noroziligiga, jajji bolajonlarning esa köngillari xira tortişiga sabab böldi.




















