2 iyun kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari - "Özbekneftegaz" boşqaruvçilar kengaşi raisi Ğulomjon Ibragimov va "Gazprom" rahbari Aleksey Miller strategik hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda "Gazprom" matbuot xizmati xabar qildi.

Hujjatni imzolaş marosimi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bölib ötdi.

Hujjat bilan Özbekiston hududida yangi loyihalarni amalga oşirişda tomonlarning özaro harakatlari nazarda tutilgan.
 
Xususan, gaz infratuzilmasi obektlarini rekonstruksiya qiliş, quriş va foydalaniş, geologiya-qidiruv işlari, uglevodorodlarni qazib oliş, qayta işlaş va saqlaş, siqilgan va suyultirilgan tabiiy gazni avnotom gazifikatsiyada foydalaniş, Özbekiston gaz ta'minotining Boş sxemasini işlab çiqiş şular jumlasidan.

Ğulomjon Ibragimov va Aleksey Millerning amaliy uçraşuvi ham bölib ötdi. Unda tomonlar imzolangan kelişuvni yuqori baholaşdi. Ta'kidlanişiça, uni amalga oşiriş respublika gaz sohasining rivojiga ijobiy ta'sir körsatadi.