Afğonistonning şarqidagi Nangarhor viloyatida joylaşgan Açin uyezdida xavfsizlik kuçlari tomondan ötkazilgan operatsiya davomida bir kun içida IŞIDni qöllab-quvvatlovçi 22 jangari yöq qilindi. Bu haqda viloyat hukumati matbuot kotibi Oyatulloh Xöjayniy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Ma'lumotlarga köra, yöq qilingan jangarilar orasida 2 nafar dala qömondoni ham bölgan. Hukumat kuçlari tomondan yöqotişlar haqida ma'lumot keltirilmagan.
Mutaxassislarning ta'kidlaşlariça, oxirgi vaqt Afğonistonning şimoliy va janubiy viloyatlari – Lohar, Nangarhor, Gilmendda hamda şimoliy viloyatlari – Qunduz, Jauzjon va Parvonada jangarilar öz pozitsiyalarini ança mustahkamlaşgani kuzatilmoqda. Borgan sari "Tolibon" harakatining köproq jangarilari va dala qömondonlari IŞIDga sodiqlikka qasamyod keltirmoqda.

















