Rossiyada çop etiluvçi The New Times jurnalining boş muharriri Yevgeniya Albats naşrning bosma versiyasi yopilişini e'lon qildi. U tafsilotlarni keltirmadi va buning sabablari jurnalning iyundagi soni sahifalarida ma'lum qilinişini aytdi. 

Albats fesybukdagi sahifasida jurnal muqovasining suratini çop etdi. Muqovada "Biz bilan bölganingiz uçun rahmat" deb yozilgan. Albats "Otkrytaya Rossiya" jamoat taşkilotiga bergan izohda naşrda mablağ tugaganini aytgan.

"Exo Moskva" radiostansiyasining ma'lum qilişiça, jurnalning bosma şakli moliyalaşdagi muammolar sababli yopilgan. Radiostansiyasining ta'kidlaşiça, agar jurnal tahririyati mablağ topa olsa, jurnal yana çop etila boşlanişi mumkin.

The New Times jurnali (avvalgi "Novoye vremya") 2007 yildan çop etila boşlangan. 2016 yil dekabrda tahririyat yetarliça mablağlar yöqligi sababli jurnalning yangi sonlarini faqat obuna böyiça yetkazişga qaror qilgan. Öşanda jurnalning boş muharriri joriy obuna holati jurnalga bahorgaça mavjud bölişga imkon berişini aytgan.  

2016 yil fevralda jurnal Roskomnadzordan Ukrainaning "Öng sektor" guruhi haqida u Rossiyada taqiqlanganini körsatmasdan eslatgani uçun ogohlantiriş olgandi. 2017 yil may oyida jurnal Suriyaga jangarilar safida jang qilgani ketgan rossiyalik haqidagi maqola uçun yana ogohlantiriş olgandi.