Özbekistonda gidroenergetikani rivojlantirişga jalb etilayotgan xorijiy kreditlar hajmi 1 mlrd dollardan köproqni taşkil etadi. Bu Özbekiston Prezidenti qarorida nazarda tutilgan (PDF).

Hujjat bilan Özbekistonda 2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, u umumiy qiymati 2,65 mlrd dollar bölgan 18 ta yangi gidroelektrostansiyani quriş va 14 tasini modernizatsiya qilişni nazarda tutgan.

Dasturni amalga oşiriş orqali Özbekistondagi GESlar quvvati 2026 yilga kelib 1,7 barobarga oşadi - 3,038 MVt.gaça. 

Dastur Özbekistonning 1,64 mlrd dollarlik öz mablağlari va xalqaro hamda xorijiy moliya institutlarining 1,009 mlrd dollar miqdoridagi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Xususan, dastur doirasida Xitoy Eksimbankidan 572,8 mln dollar, Islom taraqqiyot bankidan – 181,1 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy sarmoyalar bankidan – 77,3 mln dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan – 98,4 mln dollarlik kreditlarni jalb etiş rejalaştirilgan.

Dasturga taxminiy qiymati 1,7 mlrd dollar bölgan 42 ta istiqbolli loyihalar ham kiritilgan. Ular gidroenergetika sohasida 2030 yilga qadar amalga oşiriladi.