BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş Jahon okeani resurslaridan ratsional foydalanişning yangi yöllarini izlaşga çaqirdi. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi. 

2050 yilga borib, Jahon okeanidagi plastik çiqindilar hajmi baliq resurslari kölamiga tenglaşadi, dedi BMT boş kotibi bugun Nyu-Yorkdagi BMT ştab-kvartirasida bölib ötgan okeanlar muammosiga bağişlangan Jahon konferensiyasida.

Uning sözlariga köra, ifloslantiriş, bioresurslarning haddan taşqari kamayib ketişi, global iqlim özgarişlari asoratlari - bu omillarning barçasi okeanlar holatiga jiddiy ta'sir körsatadi, ular hozir har qaçongidan ham jiddiy tahdid ostidadir. 

"Okean va dengizlarimizning salomatligi sayyoramiz salomatligi bilan uzviy boğliqdir", - deya ta'kidladi Gutteriş. 

Konferentsiyada 200dan ziyod mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, diplomatlar va ekologlar iştirok etişmoqda.