Afğoniston poytaxti Kobul şahrida 31 may kuni yuk maşinasi portlatilişi orqali sodir etilgan terakt oqibatida qurbon bölganlar soni 150 kişini taşkil qildi. Bu haqda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani ma'lum qildi.
Prezident barça qurbonlar Afğoniston fuqarolari bölganini qöşimça qilgan.
Qurbonlarning 13 nafari yuk maşinasini töxtatişga uringan politsiyaçilar bölgan.
Bundan avvalgi xabarlarda portlaş qurbonlari soni 100 nafardan ortiq ekani, 600 kişi yaralangani aytilgandi.
31 may kuni Germaniyaning Kobuldagi elçixonasi yaqinida yuk maşinasi portlatildi. OAV ma'lumotlariga köra, maşinaga 1,5 tonna portlovçi modda örnatilgandi. Portlaş tölqini 50dan ortiq avtomobilni işdan çiqargan, yaqin atrofdagi binolar töliq yoki qisman vayron bölgan
Terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.

















