Orlando politsiyasi şahardagi ofislardan birida otişma sodir etgan erkak şaxsini örnatdi. Bu haqda mahalliy şerif tvitterida ma'lum qilindi.  

"Ommaviy qotillikni 45 yoşli, oq tanli, Kiçik Jon Robert Nyuman ismli şaxs sodir etgan. U yolğiz yaşagan, okrugda heç qanday qarindoşi bölmagan. Armiya faxriysi, 1999 yilda harbiy xizmatdan qaytgan", deb aytdi şerif Jyerri Demings.

5 iyun kuni erkak avval işlagan işxonasiga kelib, sobiq hamkasblarini otib taşlagan. Buning oqibatida 4 kişi voqea joyida, bir kişi esa şifoxonada vafot etgan. Halok bölganlar orasida kompaniya boşliği va bir ayol ham bölgan. Söngra qotil öz joniga qasd qilgan. 

Ma'lum qilinişiça, qotillikni sodir etgan erkak taxminan aprel oyida bu kompaniyadan böşatilgan bölgan.