Yevropa OAVning xabar berişiça, Şvetsiyaning TV-4 kanalida uzatiluvçi "Kalla Fakta" dasturi "öz işini uddalay olmagan özbek siyosiy qoçqini" Rahmat Oqilovning işi böyiça tadqiqot ötkazdi. Oqilov joriy yilning 7 aprelida Stokholmda yuk maşinasida yölovçilar ustiga bostirib borgan, natijada 5 kişining ölimiga sababçi bölgan. Oqilov sodir etilgan teraktga iqror bölgan. 

"Şvetsiya politsiyasi teraktlarning oldini olişi mumkinmidi?", - deya savol bilan yuzlanadi "Kalla Fakta dasturi. Şved jurnalistlarining fikriça, "Oqilov salohiyatli terrorçi ekanligiga oid barça belgilar" bölgan. 

Tergov R.Oqilovning Şvetsiyaga 2014 yilda siyosiy boşpana izlab kelganini körsatgan. U giyohvand moddalar iste'mol qilgan, bir neça soxta nomlar ostida yaşagan. Özining Facebook tarmoğidagi sahifasida IŞID terrorçi taşkilotini oçiqdan-oçiq qöllab-quvvatlagan, uning dösti esa şu taşkilotga boşqalarni jalb qiliş bilan şuğullangan. Oqilov Stokholmda yaşagan uy tergov ostida bölgan, terrorizmga homiylik qilgan kompaniyaga tegişli bölgan. Biroq şved politsiyasi tergov ötkazib, aniq dalillarni topa olmagan. 

Şunisi qiziqki, R.Oqilov teraktni sodir etganligiga iqror bölgan, biroq şved jurnalistlarining ta'kidlaşlariça, unga nisbatan hanuz rasmiy ayblovlar qöyilmagan. Şved politsiyasi tergoviga bir yil vaqt ketişi mumkin.

Eslatib ötiş joizki, yaqinda bölib ötgan brifingda Özbekiston içki işlar vaziri A.Azizov jurnalistlarning Yevropadagi teraktlar seriyasida fuqarolarning iştirokiga doir savollariga javob berar ekan, mamlakatning tegişli idoralari jamiyat uçun xavfli hisoblangan va qidiruvda bölgan kişilar haqidagi barça zarur ma'lumotlarni yevropalik hamkasblariga yetkazib berişayotgani haqida ma'lum qilgandi. Biroq qandaydir sabablarga köra, bu şaxslar Yevropada qoçqin sifatida röyxatdan ötgan holatlari qayd etilmoqda. 

Mustaqil siyosatşunos
Erkin Ilhomov