Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantiriş va boşqarişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi ” qarorni imzoladi.

“Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Prezident Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantiriş dasturini tasdiqladi.

Dasturga köra, “Özavtosanoat” AJ 2021 yilga qadar tovar mahsuloti işlab çiqariş hajmini 3 barobarga oşiradi.

Dastur doirasida 800 mln dollarlik sarmoyalar özlaştiriladi. Şu bilan birga, importning işlab çiqariş hajmiga nisbatan soliştirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvçilar miqdori esa 1,2 barobarga oşadi.

Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz soliği stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Şu bilan birga, bunday pasayiş 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga tölangan şartnomalar böyiça realizatsiya qilinuvçi avtomobillarga tegişli böladi.

Şavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini “Özavtosanoat” AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini taşkil etişga berdi.

“Özavtosanoat” AJning ba'zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi.

“Özavtosanoat” AJ taşkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021 yillarda işlab çiqariluvçi avtobuslar va yuk texnikasi, örnatilgan va tirkama texnikalar, şuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan tölov qilinmasdan yoki akkreditiv oçmasdan, xaridor bankining kafolati bölgan holda, körsatilgan mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boşlab 180 kun içida tuşum tuşişi yoki qayta olib kiriş şarti bilan ruxsat berildi.