Tehrondagi oyatulloh Xomeyni maqbarasiga  hujum qilganlardan biri xudkuş terrorçi bölgan. FarsNews xabariga köra, u özini maqbara içida portlatib yuborgan.

Mehr agentligi xabariga köra, bu hujum vaqtida 5 kişi jarohatlangan.

Hodisaning boşqa tafsilotlari keltirilmayapti.

Maqbaraga hujum qilgan ikki kişi qölga olingani aytilmoqda.

Bugun, 7 iyun tongida Eron parlamentiga ham hujum uyuştirildi. Oxirgi xabarlarga köra, hujum qilganlar soni 3 kişi bölib, ular bir kişini öldirgan, 10ga yaqin kişini jarohatlagan va odamlarni garovga olgan.