«Mening yaqinda Yaqin Sharqqa tashrifimda men radikal g‘oyani moliyalashtirish mumkin emasligi haqida aytdim. Yetakchilar Qatarga ishora qilishdi!» — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv orollari va Mavrikiy respublikasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganini vaj qilib Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.
Bunga esa, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniyning Eron va Isroil bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi haqida bayonot bergani sabab bo‘ldi.











