Xyustondagi Jonson nomidagi koinot markazidagi tantanali marosimda NASA rahbari lavozimini bajaruvçi Robert Laytfut Oy sarhadlaridan uzoqroqqa parvozlar amalga oşiruvçi va ehtimol birinçi bölib Marsga jönatilişi mumkin bölgan fazogirlar guruhiga 5 ayol va 7 erkak tanlab olinganini ma'lum qildi.  

"Siz Amerikadagi eng yaxşilar içra eng yaxşilarsiz... NASAning butun jamoasi sizga bölğusi missiyaga tayyorlanişingizda yordam berişga tayyor", deb aytdi Laytfut.

2017 yilda fazogirlarga qabul qilinişga rekord sondagi odam – 18 ming 353 kişi ariza bergandi. AQŞda bu kasbga hali heç qaçon qiziqiş bunday yuqori bölmagan. Bungaça bu borada rekord yil 1978 yil hisoblanib kelinardi, öşanda 8 ming nomzod arizasi qabul qilingandi. 

Bölğusi fazogirlarni taniştiriş marosimida şuningdek AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens ham iştirok etdi. U "Siz içimizdagi eng yaxşilarisiz va sizni oldinda Oydan uzoqroqqa parvoz qiliş kutib turibdi va ehtimol siz Marsga birinçi bölib uçadigan insonlar bölasiz", deb aytgan. Pens fazoriglarni tabriklab, ularga "hali heç kim bölmagan joylarda javob topiş uçun jur'atli bölişni" tilab qoldi.

Tanlovda iştirok etiş uçun arizalar qabul qiliş 2015 yil dekabrdan 2016 yil fevralgaça davom etgan. Tanlovda AQŞning muhandislik, biologiya, tibbiyot, kompyuter va matematika sohasida bakalavr ilmiy darajasiga ega bölgan fuqarolari va kamida ming soat parvoz qilgan harbiy uçuvçilari qatnaşişlari mumkin bölgan.

NASAda ta'kidlanişiça, bölğusi fazogirlar 2-3 yillik tayyorgarlikdan ötişlari kerak böladi. Ular kelgusida nafaqat Xalqaro koinot stansiyasiga, balki yer atrofi orbitasi va Oydan uzroqroqqa hozirda qurilayotgan Orion kemasida parvoz qilişlariga va Marsga uçiş uçun hozirlik körişlariga töğri keladi. Fazogirlar NASAga tegişli Orion’dan taşqari, SpaceX kompaniyasining Crew Dragon va Boeing kompaniyasining CST-100 Starliner koinot kemalarida ham uçişlariga töğri kelişi mumkin.

Avvalgi fazogirlarga qabul 2013 yilda amalga oşirilib, unda 4 ayol va 4 erkakdan iborat guruh şakllantirilgandi.

Bölğusi fazogirlar oldilarida turgan ulkan maqsadlarni bajariş uçun joriy avgustdayoq Xyustonga tayyorgarlikni boşlaş uçun keladilar.