O‘zbekiston | 12:49 / 08.06.2017
30762
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati tumanlaridan biriga yangi hokim tayinlandi

7 iyun kuni xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi H.Oqbo‘tayev ma'ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aprel oyida ushbu viloyatga tashrifi vaqtida ishdan olingan tuman hokimi Baxtiyor Ergashev Qo‘shboyevich o‘rniga Faxriddin Zoirov yangi hokim etib tayinlangan.

"Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi, o‘rta-maxsus kasb hunar ta'limi markazi huzuridagi axborot metodik xizmati axborot metodik ta'minlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Zoirov Faxriddin Absalomovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi", deyilgan Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan xabarda.

Prezidentning Samarqandga tashrifi vaqtida ikki tuman «to‘rtligi» ishdan ketdi

Mavzuga oid