Germaniyaning Deutsche Bank banki AQŞning 5 nafar demorkratçi kongressmeniga AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning oilasiga Rossiya tomondan kreditlar berilgan bölişi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilişdan boş tortdi. Bank öz rad javobini berişda AQŞning şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş haqidagi qonuniga tayangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Umid qilamizki, siz Deutsche Bank kongress va sudlar şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş uçun örnatgan çegaralarni hurmat qilişi zarurligini tuşunasiz", deb javob bergan bank kongressmenlarga.

AQŞ kongressi vakillar palatasining moliyaviy xizmatlar böyiça qömitasining 5 nafar demokrat a'zosi 23 may kuni Deutsche Bank’ga Trampning tranzaksiyalari böyiça ma'lumot berişni sörab maktub jönatgan. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, kongressmenlar Rossiya hukumati bank tomondan Trampning köçmas mol-mul bilan boğliq operatsiyalari uçun kreditlar berilişini haqiqatan ham öz kafolatlari bilan qöllab-quvvatlaganiga aniqlik kiritişni söraşgan. 

Demokratlarni şuningdek Rossiyadan 2011-2015 yillarda 10 mlrd dollar olib çiqib ketilgani uçun bank joriy yil yanvarida Nyu-York sudi tomondan 425 mln dollarga jarimaga haqiqatan ham tortilgani-yöqligi haqidagi ma'lumotlar qiziqtirgan.

Axborot agentligining ma'lumotlariga köra, nemis banki ma'lumotlarni qonunga muvofiq holda butun parlament qömitasidan sörov bölgandagina taqdim qila olişini aytgan. Qömitaning respublikaçi a'zolari esa bunday hujjat ostiga imzo qöyişdan boş tortmoqdalar.