Norvegiyalik terrorçi Anders Bering Breyvik rasman ism-familiyasini özgartirdi, deb xabar bermoqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi.
21 yillik qamoq jazosini ötayotgan terrorçining yangi ismi Fotolf Xansen böldi. Uning advokati terorçini ismini özgartirişga nima undagani sabablarini bilmasligini aytgan.
Breyvik 2011 yil 22 iyulda Norvegiyada ikkita terakt sodir etgan. Bu teraktlar oqibatida 77 kişi halok bölgan. Terrorçi 21 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
8 iyunda Norvegiya oliy sudi Breyvikning qamoqda saqlanişida huquqlari buzilgani alomatlarini körmay, uning davlat ustidan şikoyatini körib çiqişni rad etgan. Breyvik şu sababli Yevropaning inson huquqlari sudiga murojaat qilmoqçi. Qonxör Breyvik qamoqda unga yotoqxona, işçi xona va tranejyor zalidan iborat uç xonali kamerada şinamlik yetmayotganidan şikoyat qilgan.













