Amerikalik fiziklar neft tomçilari va molekulalariga birikib, ularni magnitlar yordamida suv va boşqa suyuqliklardan ajratişga qodir nanozarraçalarni yaratişdi. Journal of Nanoparticle Research jurnalida şu haqida maqola çop etildi.
"Hozirda biz bu nanozarraçalarni qayta işlaşga imkon beruvçi texnologiya ustida işlamoqdamiz. Fikrimizça, bunday texnologiyalarning yaratilişi nafaqat neft tökilişiga qarşi kuraş xarajatlarini kamaytiriş imkonini beradi, balki bu jarayonni ekologiyaga xavfini kamaytiradi", - dedi Ostindagi Texas universiteti olimi Saebom Ko.
2010 yilda Meksika körfazidagi neft qazib oluvçi Deepwater Horizon platformasidagi avariya, şuningdek AQŞdagi konlarni qazişda yerosti suvlariga uglevodorodlarning tökilişi olimlarni suvning neft bilan ifloslanişiga qarşi kuraşişning yangi usullarini izlaşga majbur qildi. Bugun bu maqsadlar uçun öz xususiyatlariga köra sovunga öxşaş maxsus moddalar qöllanadi - ular neftga birikib, uni köpik körinişida suv sathiga çiqarib taşlaydi.
Bu moddalar öz-özidan qimmat turadi va tabiatga neft kabi ziyon keltiradi. Şu bois olimlar bugungi kunda ifloslanişga qarşi kuraşda "neftli" mikroblar va turli nanozarraçalarni nisbatan arzon va xavfsiz yöllar bilan moslaştirişga harakat qilişmoqda.
Ko va uning hamkasblari bunday vazifalarni yeçişga qodir nanozarraçalarning yaratilişi haqida sözlab berişdi. Ular maxsus qatlam bilan qoplangan temir atomli mikroskopik sohalardan iborat. Uning ijobiy zaryadi ularning salbiy zaryadga ega neft tomçilaridagi oğir uglevodorodlar molekulalariga "yopişiş"iga va ular bilan birga harakatlanişga imkon yaratadi.
Zarraçalar magnit maydoniga tuşganida suvdan har qança miqdordagi neftni tez va sifatli ajratişga imkon berib, manba tomon harakatlana boşlaydi. Buning uçun suvga nanozarraçalarni "ekiş", magnitni yoqiş va şunçaki suvga tökiş kerak böladi. Butun neft va nanozarraçalar magnit joylangan quvur yoki idişning devoriga "yopişib" qoladi.
Bu jarayon magnit qöllamay neftni tozalaşga möljallangan boşqa texnologiyalardan tezroq işlaydi.
Olimlarning sözlariga köra, sanoatdagi şunga öxşaş muammolarni mazkur usulda yeçiş mumkin. Masalan, olimlar hozirda suvni qörğoşin va boşqa oğir metallardan tozalaş tizimi ustida işlaşmoqda. Tizimlar faoliyati şu yozda sinovdan ötkaziladi.













