Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) boş kotibi Antoniu Gutteriş 10 iyun kuni kattaligi böyiça dunyoda törtinçi örinda bölgan Orol dengizini borib kördi. Gutteriş dunyo ahlini bu fojiadan töğri xulosa çiqarişga va uning takrorlanişiga yöl qöymaslikka çaqirdi. BMT rasmiy saytida şu mavzudagi maqola çop etildi. 

"Orol dengizining qurişi iqlim tufayli emas, suv resurslarining inson tomonidan notöğri boşqarilişi natijasida röy bergan", - dedi Gutteriş qaçonlardir port şahar, hozir esa "kemalar qabristoni" bölgan Möynoqni borib körganidan söng.

"Şuningdek, iqlim özgarişi munosabati bilan uning salbiy ta'sirini kamaytirişga oid qat'iy çoralar körilmasa, bu fojia butun dunyo miqyosida köpayadi", - deya ogohlantirdi u. 

BMT maqolasida Orolning qurişi hududda tuzni köpaytirib, u yerlarda yaşovçi insonlar salomatligi va qişloq xöjaligiga jiddiy salbiy ta'sir körsatgani ta'kidlangan.

Gutteriş bu "zamonamizning eng katta ekologik fojiasi" ekani va uning "insonlar sayyorani yöq qilib yuborişi mumkinligi"ga yaqqol misol böla olişini aytgan. BMT boş kotibi barçani Orol fojiasidan töğri xulosa çiqarişga va ularning takrorlanmasligi uçun iqlim böyiça Parij kelişuviga butun xalqaro hamjamiyatni jalb qilişga çaqirdi. 

Şu kuni Antoniu Gutteriş Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşdi. Ular BMT va Özbekiston örtasidagi hamkorlik va mintaqaviy masalalarini muhokama qilişdi. 

BMT boş kotibi şuningdek Markaziy Osiyoning eng qadimiy şaharlaridan biri Samarqandda ham böldi va u yerdagi aholi bilan suhbatlaşdi.