Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosmosdan Yerga ikki boshli mutant-chuvalchang olib tushildi
Foto: Junji Morokuma et al / Regeneration
Tafts xususiy tadqiqot universiteti (AQSh) biologlari Dugesia japonica chuvalchanglarini besh haftaga kosmik stansiyaga yo‘lladi. Natijada tortishish kuchi bo‘lmagan joyda va geomagnit maydonlar ta'siri ostida chuvalchanglar ko‘proq jinssiz yo‘l bilan ajralgani, bittasi esa hatto ikki boshli mavjudotga aylangani ma'lum bo‘ldi. Regeneration jurnali shu tadqiqot haqidagi maqola bilan bo‘lishdi.
Gap shundaki, jonivorlar koinotga bosh va dum sohasidan amputatsiya qilingan holatda chiqarilgan (Dugesia japonica qayta jonlanishga qodir xususiyatlari bilan mashhur). Ular qorong‘u muhitda, suv va havo to‘ldirilgan probirkalarda saqlangan. Shundan so‘ng chuvalchanglar 20 oy davomida Yerda turib kuzatilgan.
Tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, besh yillik faoliyat davomida tajriba ostidagi 15 ming chuvalchangdan birortasi o‘zini bunday tutmagan. Bundan tashqari, mutantning ikki boshi ham olib tashlangan - ularning o‘rnida esa (bosh va dumning o‘rniga) yana ikki bosh o‘sib chiqqan.
Mavzuga oid
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026