Samvel Babayan Eronga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumaniga kelmadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 12 iyun kuni Tehronda joylashgan «Ozodi» stadionida JCh-2018 saralashining Osiyo mintaqasida 8-turi doirasda Eronga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushadi.
Ushbu o‘yindan oldin, 11 iyun kuni matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan emas, uning yordamchisi Viktor Jalilov ishtirok etgan. Anjumanga terma jamoa yetakchilaridan biri emas, «Qo‘qon-1912» futbolchisi Murod Xolmuhamedov kelgan.
«Guruhda hali hech narsa hal bo‘lmagan. Jamoalarning ikkitadan ortiq to‘p farqi bilan g‘alaba qozonmagani raqobat kuchli ekanidan dalolatdir.
Guruhimizda asosiy kurash Eron, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida kechmoqda. Suriya, Xitoy va Qatar esa yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yuqoridagi jamoalarga muammolar tug‘dirmoqda.
2012 yil Eronni o‘z maydonida yutganmiz, demak, har qanday jamoani mag‘lubiyatga uchratish mumkin. To‘g‘ri, Eron so‘nggi saralash bosqichida hali gol o‘tkazmadi, lekin bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Nima uchun biz Eronga gol urmasligimiz kerak? Buni uddalay olamiz deb o‘ylayman», deya Jalilovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.
«Toshkentda deyarli tengma-teng o‘yin guvohiga aylangandik. O‘zbekiston g‘alaba uchun maydonga tushgandi, biroq hakamlarning kutilmagan qarori tufayli standart vaziyat belgilangan va davrozamizdan to‘p olib chiqqandik. Eron tarkibidan alohida bir o‘yinchini ajratmagan bo‘lardim. Raqib jamoaviy o‘yin namoyish qiladi. Aytishim mumkin bo‘lgani, himoya chizig‘i kuchli va tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Eron terma jamoasi va shaxsan Karlush Keyrushga tayyorlab qo‘ygan sovg‘amiz bor. Umid qilamanki, ertaga g‘alaba qozonib, Toshkentga 3 ochko bilan qaytamiz», degan Murod Xolmuhamedov.
Samvel Babayan matbuot anjumaniga kelmagani sababi ma'lum emas. Eronga qarshi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi, O‘zbekiston termasi maydonga ko‘k, Eron oq rangli liboslarda tushadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

15:46 / 13.05.2025